Толковый словарь
vahimali
ваҳимали
Значения
- Kishini vahimaga sola-digan; qoʻrqinchli.
- Salobatli, haybatli.
- Vahimani, qoʻrqinchni ifodalovchi, shundan darak beruvchi.
Примеры
- Vahimali koʻrinish. Vahi-mali tovush. n Front Bektemirga dastlab uncha vahimali koʻrinmadi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Haya>1 oʻtmay, vahimali guldurash yaylovni larzaga soldi. — A. Dilmurodov — Os-monning bir parchasi.
- Oʻngirning tepasi baland jar. Uning tagida gʻor ham bor. Bu vahimali joylarga kunduzlari ham hech kim kelmaydi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Olis-olisdan vahimali koʻringan qoyalar asta qiyofalarini oʻzgartirib, chala-yarim qoʻrgʻonlarga oʻxshab qoldi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Omil Nodirning bu vahimali gaplarga ham eʼtibor bermagan-ligiga ajablanib turdi-da, amakning oldida turishini aytib, chiqib ketdi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Xotin, rangi oppoq, koʻz-larini katta-katta ochib, unga vahimali qarar va boshini chayqab pichirlar edi. — A. Qahhor — Anor.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0