Толковый словарь
xalq
халқ
Значения
- Odamlar.
- Tarixiy birlikning turli shakllari; qabila, elat, millat.
- Muayyan joy aholisi.
- Biror joyga toʻplangan odamlar; xaloyiq, olomon.
- Kasb, mashgʻulot, toifa yoki jinsni bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, oʻsha kasb, mashgʻulot, toifa yoki jinsga mansub kishilar guruhini bildiradi.
- Umum (aholi, odamlar) ga aloqadorlikni, umum tomonidan eʼtirof etilganlikni ifodalovchi soʻz sifatida baʼzi muassasalar, lavozim va unvonlar nomlari tarkibida qoʻllanadi.
- Yerli xalq - muayyan joyning tub aholisi, mahalliy xalq.
Примеры
- Xalqqa xizmat - oliy himmat. — Maqol
- Toʻyingizga yigʻilibdi butun el, Xalq kelmoqda toʻyga oqib goʻyo sel. — Hamid Olimjon
- Bu xushovoz xonanda, yigirma iildan oshdiki, xalqning nazaridan qolmay.. dillarimizni yayratib kelmoqda. — Said Ahmad — Yulduz
- Oʻzbek xalqi Navoiy, Bobur, Lutfiy kabi buyuk donishmand shoirlarning asarlarini oʻqigan. — Shukrullo — Saylanma
- Turkiy xalqlar yillarni 12 muchaldan tashqari, 60 yillik davrlar bilan ham hisoblashgan. — "Fan va turmush"
- Oʻzbekiston xalqi.
- Qishloq xalqi.
- Shahar xalqi.
- Filippin orollarida yashovchi xalqlarning eng sevimli noyob taomi mitti baliqlardir. — Karim Mahmudov — Qiziqarli pazandalik
- Tovushga qoʻyishda xalq bir ogʻizdan qoʻl koʻtaradi, orqasidan bir necha daqiqagacha olqish davom etadi. — Abdulla Qodiriy — Kichik asarlar
- Shoirxalqi.
- Polvon xalqi yengilgan raqibini belidan olib, koʻtarib qoʻyadi. — Said Ahmad — Ufq
- Ayol xalqi uydan quruq ketmaydi, Nima lozim mehmonlarga, taqsirjon. — "Gulnorpari"
- Xalq maorifi.
- Xalq taʼlimi.
- Xalq sudi.
- Xalq deputati.
- Oʻzbekiston xalq shoiri.
- Oʻzbekiston xalq artisti.
- Chor hukumati, yerli xalq oʻz erkini himoya qilib chiqqanda, ularni ottirdi.. — Bo‘riboy Ahmedov — Tarixdan saboqlarXalq (og‘zaki) ijodi - xalq tomonidan bunyod etilgan sanʼatga oid hamda adabiy asarlar.
- Xalq ijodi har qanday yozuvchi uchun katta maktabdir.
Этимология
Arabchdan خَلْق - yaratish, ijod qilish; yaratilgan jonzot va odamlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0