Толковый словарь
xumor
хумор
Значения
- Odatlanish tu-fayli biror narsaga boʻlgan chanqoqlik; mushtoqlik, zoʻr istak.
- Xumor qilmoq Biror narsaga yetishuvga boʻlgan intilishni, istakni kuchaytirmoq; oʻta xohlamoq; sogʻintirmoq (odatlangan narsa haqida).
- Biror narsaga erishuvga, yetishuvga ish-tiyoqi baland, orzumand; mushtoq.
- Xumor koʻz yoki koʻz(lar)i xumor 1) suzuk, chiroyli koʻz.
Примеры
- U bugun uyqudan bir qadar xumori bosilganday boʻlib turdi. — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar.
- -Durust, oldingi kasbing xumor qilayotgani yoʻqmi?— deb hazillashdim. — Shuk-rullo — Saylanma. Xumordan chiqmoq Oʻylab yurgan biror ish yoki harakatni amalga oshi-rish natijasida taskin topmoq, tinchlan-moq.
- \Ahmad\ Uloq chopib, koʻpkarilarni koʻrib xumoridan chiqib, uyiga qaytmoqchi boʻldi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi. Xumori tutmoq Odatlangan narsasini qoʻmsamoq, sogʻinmoq; unga yetisha olmay tajang boʻlmoq.
- Qisqasi [cholning] nosi ado boʻlsa, ayniqsa, xumori tutganda, hech bir kuch uni toʻxtatib qololmaydi. — N. Norqobilov — Toʻqnashuv. Xu-morini tarqatmoq (yoki yozmoq) Oʻzi qoʻmsab, sogʻinib yurgan kimsa yoki narsaga yetishib qanoatlanmoq, taskin topmoq.
- Oʻynab, has-ratlashib, xumorini tarqatib, uyiga qay-tadi odam. — Gazetadan.
- Sizlarni koʻrsam, u ni [nabiramni] koʻrganday xumorim yoziladi. — "Sao-dat".
- "Xat ku-tib jonimda qolmadi toqat, Bir koʻrmoqqa xumor boʻldi Adolat!" — I. Rahim — Chin muhab-bat.
- Tojiboy xumor boʻlib, yana nos chekdi-da, otiga qamchiurdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Zumradning xumor koʻzlarida qandaydir chuqur bir qaygʻu yashiringan. — H. Ziyoxonova — Mening tabrigim. U [
- Gulnor] chiroyli mayin tovush bilan soʻzlarkan, yi-gitning qoʻlidan choynak-piyola olarkan, shoʻx, xumor koʻzlari bilan yigitga qaraydi. — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) shunday koʻzli yor, dilbar.
- Koʻz tindi kutib, koʻzi xumorim, nima boʻldi? — Habibiy. Oʻz gapi oʻziga xumor qilmoq Oʻzining gapi oʻziga qiziq boʻlib tuyulmoq.
- Muallim oʻz gapi oʻziga xumor qilib xoxoladi.. — "Yoshlik".
Этимология
a. jldch — (ichkilikdan) ka-raxtlik, bosh ogʻrigʻi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0