Толковый словарь
yamlamoq
ямламоқ
Значения
- Chaynamay, ogʻiz ichida ay-lantirmoq, milki bilan ezmoq.
- Lab, milklar orasiga olmoq.
- Domiga tortmoq; yutmoq.
- Gapni (yoki soʻzni) yamlamoq Gapni (fikr-ni) toʻla va aniq aytmay, uzuq-yuluq ifo-dalamoq, chaynalmoq.
Примеры
- Ovqatni yamlab yutmoq. n
- -Ikki yuz tanob! — deya Polvonga qaradi non yamlayotgan Ibrohim ota. — J. Sharipov — Xorazm. Eʼtibor opa.. yonida ishtaha bilan tolqon yalab yutayotgan Toʻl-qinning timqora sochini cwiadu. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Yanga oxurdagi yemini yamlab yutayotgan sigirga qaradi. — S. Nurov — Narvoy.
- Abduqo-dir qattiq gʻazablandi, bir necha minut tutaqib, dagʻal qizgʻish moʻylovining uchini yamlab, boshini tebratdi. — Oybek — Nur qi-dirib.
- Oyshabonu boshlamoqchi boʻlgan gapdan cholning ham xabari boʻlsa kerak, soqolining uchini yamlab turib, bir ijirgʻandi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Sanobar gazetaning bir che-tini yamlagancha, xayol surib qoldi. — Oʻ. Us-monov — Sirli sohil.
- Olov yonib, yamlaydi oʻtin, Dekcha tinmay biqir-lar, toshar. — 3. Obidov.
- Orqasida qora kul qoldirib oʻt-alanga yumalaydi, yantoqlarni yamlaydi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- ..mashina lentani tortib yamlay boshlaydi, keyin piltaoʻrab chiqaradi. — M. Joʻra — Quyoshdan nur emganlar.
- -Gapni yamlamang, — dedi Oʻktam hosilotga tikilib. — Oybek — O.v. shabadalar.
- U soʻzini yamlab, oʻgʻliga qarab qoʻydi. — X. Sultonov — Onamning yurti. Ikki yamlab, bir yutmoq Chaynamay yutib yubormoq, yoʻq qilib yubormoq.
- Laylakvoy: -Haq Solomine boʻlmasa, ikki yamlab, bir yutardim. — "Ertaklar". Yamlamay yutadigan salb. Oʻrin-latadigan, qoyil qiladigan.
- -Voy Toʻlamat tushmagur-ey, yolgʻonni yamlamay yutasan-a! — ichagi uzilgudek qotardi keksa oʻroqchi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0