Толковый словарь
yengillashmoq
енгиллашмоқ
Значения
- Ogʻirligi kamayib, yengil boʻlib qolmoq, yengillamoq. Yuki yen-gillashdi.
- Yengil koʻchmoq, osonlashmoq.
- Jiddiyligi, ogʻirligi kuchsiz-lanmoq, yengil tomonga oʻzgarmoq.
- Ruhan yengil tortmoq.
- Yengillik, ijobiy tomon oʻzgar-moq, tuzalmoq. (dard, kasal haqida).
- Homiladorlik muddati tugamoq, tugʻmoq.
- Nomaqbul, hayosiz, "suyuq" tus olmoq.
Примеры
- Bir ish koʻngildagidek ado etilsa, ikkinchisini ba-jarish ancha yengillashadi. — Sh. Rashidov — Boʻ-rondan kuchli.
- Ogʻirlik yana ikki kun, soʻng ishlaringiz ancha yengillashadi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Mushkuli ancha yengillashgan Biyron Odilni zarb bilan chetga itardi. — A. Obidjon — Akang qaragʻay Gulmat.
- ..zora sening sharofating bilan guno-himiz yengillashsa.'U. — Ismoilov — Saylanma.
- Bu suz bilan Otabek bir oz yengillashdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bobur.. otini qamchilab, nav-karlar qurshovini yorib chiqqanda, yuziga sha-bada tegib, xiyol yengillashdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Eridan loaqal bir xabar kelganda ham bir navi edi, dardi yengillasharmidi. — Sh.Rashidov — Qud-ratli toʻlqin.
- Ichkilik taʼsirida xotinlarning qiliqlari juda yengillashadi, koʻzlari, yuz-lari yonadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0