Толковый словарь
yigit
йигит
Значения
- Jinsiy va jismoniy jihat-dan voyaga yetgan erkak.
- Umuman, yosh erkak, yosh kishi.
- Er kishi, jasur odam, mard.
- (egalik qoʻshimchasi bilan) Qiz-ning koʻngil qoʻygan kishisi, sevgilisi.
- Biror harbiy toʻdaga, guruhga mansub boʻlgan erkak kishi.
- Oʻziga nisbatan yoshi kichik kishiga murojaat qilishda qoʻllanadi.
Примеры
- Ularning biri yigirma yoshlardagi qotma, xipcha yigit edi. — I. Ra-him — Chin muhabbat.
- Mana shu yerda MTS tashkil qshshndi-yu, bunga oʻsha paxta zavodida iiashydigan bir yigit katta-kon boʻlib keldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chi-rokdari.
- Yigit soʻzidan qaytmas, arslon — izidan. — Maqol.
- Er yigit boshiga ish tushganda sina-lar. — Maqol.
- Yigitningmoli yerda. — Maqol.
- Hoy, menga qara, seningcha, yigiti bor qiz birov bilan gaplashmaydimi? — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Oradan uch-toʻrt daqiqa oʻtgandan keyin, Kamolon tarafidan bir yuz chamalik sarkarda va yigitlari bilan Aziz-bek koʻrindi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yigit, bu yoʻl qayoqqa olib boradi ? n
- Hay, oʻt yigit, hali-gi soʻzlaring oltinga arziydi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0