Толковый словарь
yolqin
ёлқин
Значения
- Yonayotgan narsadan koʻtariluvchi alanga.
- Yorugʻ, yogʻdu, shuʼla, nur.
- Yolqin (erkaklar ismi).
Примеры
- Shox oʻtinning oʻchoqni toʻldirib lovullatayotgan yolqini qoraygan koʻchaga shuʼla sochmoqda. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bektemir Sof, lolarang yolqinga termilib.. uzoq oʻyladi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Yonar edi Don chiroqlari.. Chiroqlarning yolqin shuʼlasi Etgan edi oyni asira. — H. Olimjon.
- Sahnaga berilgan qip-qizil nur yolqini zalning gʻira-shira qorongʻiligida Mahkamning yuz chiziqlarini.. boʻrttirib, mardonavor qilib koʻrsatardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0