Толковый словарь
yulduz
юлдуз
Значения
- Qizigan gaz (plazma)lardan tarkib topgan, tabiatiga koʻra Quyoshga oʻxshaydigan, kechasi nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan osmon jismi.
- Bir necha oʻtkir uchli geometrik shakl qamda shunday shaklga ega boʻlgan narsa.
- Mashhur boʻlib tanilgan, shuhrat qozongan shaxs haqida.
- Yulduz (xotin-qizlar ismi).Yulduz koʻrmay jon berdi - uzoq turmadi, barham topdi, yoʻq boʻlib ketdi, gʻoyib boʻldi.Yulduz sanab yotmoq - toqi sanab yotmoq toqi.Yulduzi issiq - istarasi issiq istara.
Примеры
- Yorugʻ yulduz.
- Xira yulduz.
- Qutb yulduzi.
- Yulduzlar turkumi.
- Oqshom choʻkdi Toshkent qoʻyniga, Miltillashib koʻklarda yulduz. — Xayriddin Saloh —
- Bu yerga quyosh ogʻdi - salqin tushadi, kechalari, tepamizda yulduz toʻla osmon. — Rahmat Azizxo‘jayev — Yashil chayla
- Besh uchli yulduz.
- Yulduzning shaklini chizmoq.
- Archaning tepasiga yulduz oʻrnatmoq.
- Kino yulduzlari.
- Dongʻi ketgan terimchi va shuhrat yulduziman, Lafzi halol, yuzi oq Fargʻonaning qiziman. — Uygʻun —
- Yigʻilganlarni qiziqtirgan narsa oʻzbek adabiyoti va sanʼatining yulduzlari, oʻzbek jangchilari boʻldi. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- U [Umid].. roʻparasidagi yulduzi issiq qizdan aslo koʻz uzmasdi. — Mirmuhsin — UmidYulduzi (yulduziga) toʻgʻri keldi - xarakteri, feʼli-atvori bir-biriga mos tushdi; sevishdi.
- jiddiy soʻrayapman, nega Isomiddinov bilan yulduzlaring toʻgʻri kelmayapti? Biror sir bormi? - dedi Norbuvi Karimovga. — Husayn Shams — Dushman
- Abror bilan Chinnixonning yulduzi yulduziga toʻgʻri kelib qolgani hech kimga sir emas. — Pirimqul Qodirov — Qalbdagi quyoshYulduzni benarvon uradigan (odam) - benarvon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0