Толковый словарь
zahar
заҳар
Значения
- Ti-rik mavjudotni ogʻulab yemiruvchi yoki oʻldi-ruvchi modda, ogʻu.
- Zahar boʻlmoq Zaharga, oguga aylanmoq, tatimaslik.
- Jahl, gʻazab. Hovlida oshqovoq poʻchoq sudrab oʻynab yurgan bolani.. koʻrib, [Sharofatning] zahri bir oz tarqaldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Zahri kelmoq Achchigʻi kelmoq, jahli chiqmoq. Bunyodning qahri keldi, Devning ham zahri keldi. H. Olimjon. Zahar (yoki zahari-ni) sochmoq Gʻazabini toʻkib solmoq, jaxd-gʻazab qilib alamdan chiqmoq. Qilgʻilikni Oʻktam qiladi-yu, zahrini menga sochasizmi? Oybek, O. v. shabadalar.
- Qattiqzarb, achchiqogʻriq. Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida. Maqol. n Ot chidamas achchiq qamchi zahriga. "Goʻroʻgʻli".
- Sovuqning zahri Sovuqning jonni achi-tuvchi taʼsiri.
- sft. koʻchma Juda ham achchiq.
- Zahri qotil 1) oʻldiradigan zahar; 2) oʻlguday achchiq. Zahri qotil dori.
- sft. koʻchma Kishiga nayzadek botadi-gan, dilga ozor beradigan.
- sft. koʻchma Jahldor, serjaxd, qahr-gʻazabli; tili achchiq va jizzaki.
Примеры
- Ilonning zahari. yat Bu ayol — Razzoq soʻfi degan odamning qizi, oʻz eriga zahar bergan. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- [Salimboyvachcha] Ichki choʻntagidan qogʻozga oʻralgan zaharni olib, titroq qoʻllari bilan oshga sepdi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ho-laversa, ilon zahari farmatsevtikada qim-matbaho xomashyo ekani ham yaxshi maʼlum. — "Fan va turmush".
- Ya na dardga koʻmildi Nisoxon boshi, Zahar boʻldi bir kosa sovigan oshi. — Gʻayratiy. Zahar yutmoq Achchiq-alam yutmoq, azob chekmoq, iztirob chekib qiynalmoq.
- Kamtar boʻl, taltayma, kekkaymagin tik, Doʻst uchun zahar yut, shirin jonni tik! — Yo Mirzo — Oʻgʻil mehri. Zahar qilmoq Zaharga, ogʻuga aylantirmoq, tatitmaslik.
- Nega yongan yuragimga yana sen ham zahar sochasan! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Zahrini yutmoq Achchigʻini ichiga yut-moq, gʻazabini bosmoq. Ogʻzing toʻla qon boʻlsa ham, raqibing oldida tupurma, deganlari esi-ga tushib, zahrini qult etib ichiga yutdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar. Bek zahrini yutdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Zahar ov-qat. Zahar tutun.
- Zahar piching. Zahar til. shsh Rais ustaga gʻazab bilan ti-kildi-yu, zahar toʻla kinoya qildi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- -Bay-bay-bay, oʻzi jinqarcha boʻlsayam, shunaqa zahar qizki, xuddi Zulayho opangizga oʻxshaydi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Uning [Umidning\ nazarida, Shukur Karimovich za-harroq odam koʻrindi. Mirmuhsin, Umid.
- Baxtga qarshi, tergovchi yosh boʻlsa ham, soch-lari toʻkilib, tepakal boʻlib qolgan, tir-noqlarigacha zahar bir odam ekan.. — O. Yoqubov — Izlayman.
Этимология
f. jj"j - ogʻu; qahr-gʻazab
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0