Толковый словарь
zaif
заиф
Значения
- . Jismonan quvvati kam, bequvvat, nimjon, kuchsiz.
- . Tembr jihatdan baland, kuchli boʻlmagan; kuchsiz, past.
- . Iqtisodiy yoki harbiy jihatdan nochor, qambagʻal.
- . Unchalik koʻp boʻlmagan, juda oz; xira.
- . Mahorat nuqtai nazaridan kuchsiz, boʻsh; puxta ishlanmagan.
- Aqli zaif Esi past, aqli kam; ovsar, jinni.
- Zaif hadis isnodi, dalili kuchsiz, ishonch qozonmagan hadis
Примеры
- Zaif bola.
- Jismonan zaif, keksaroq yoki sovuqqa ancha tasirchan kishilar, yaxshisi, kechqurun yotishdan oldin oyoqqa sovuq vanna qilishlari kerak. — "Fan va turmush".
- Gulchehra Sultonning titroq, bosgan zaif qoʻllarini qaynoq yosh tomchilari bilan yuvilayotgan yuziga bosdi.. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
- Gʻulomqodirning ovozi juda zaif chiqdi. — "Sharq yulduzi".
- Ayol kishining zaif ingragan ovozini eshitib, oʻziga keldida, otilib uyga kirdi. — X. Ahrorova — Orifning davlati.
- Qoʻrqmang, men.. — dedi Gʻulomjon, kuz yaprogʻiday titrab turgan zaif tovush bilan. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Siz koʻrayotgan gigant yonida iqtisodiy zaif xoʻjaliklar tiralib yotsa, bu nomutanosiblikni bizdan keyingi avlodlar kechirarmikan? — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Zaif shula.
- Sariq, moyli qogʻozdan zoʻrgʻa oʻtgan zaif nur toʻquvchi ayollarning tanda ustidagi qoʻllarigagina tushadi. — A. Muxtor — Opasingillar.
- Biz Abdulla Qodiriyning ijobiy fazilatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, undagi ayrim zaif tomonlarni ham koʻrsatib oʻtishimiz zarur. — Gazetadan.
- Daho ulugʻ shoirning zaif joyini bilib oldi. — T. Murod — Qoʻshiq.
- Anvarning oʻzi sal aqli zaif ekan, vosvosga tushib qolgan; akalari uni xafa qilgan. — Gazetadan. Mizoji zaif Erkakligi sust.
- Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi? -Uyalmaymanmi? -Uyalmang. -Uyalmasam.. mizojim zaif. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Этимология
arab. – kamquvvat; kasal
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0