Толковый словарь
zar
зар
Значения
- Oltin, tilla.
- Oltin bilan teng, oltinga oʻxshash narsa haqida.
- Qora zar Neft yoki toshkoʻmir haqida.
- Tilla, pul, umuman boylik.
- Boshidan zar quymoq Boylikka, oltinga koʻmib tashlamoq.
- Zardoʻzlikda zarbof toʻn, zar doʻppi va
- b. tayyorlashda ishlatiladigan, oltin yoki kumush suvi yuritilgan, zarlangan ipak yoki sim; shunday ipak yoki simdan tikilgan kiyim.
- Bezak yoki oʻrov uchun ishlatiladigan yupqa yaltiroq metall varagʻi yoki zarhal-langan qogʻoz.
Примеры
- Zar qadrini zargar biladi. — Maqol. n
- \Husayn:\ Xazinamda har qancha zar, har qan-cha aqcha boʻlsa, yurtning obodonligi uchun sarf etishga vaʼda beraman. — Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- Norga ortinglar zaringni, Xotin, bola-chaqalaringni. — "Yusuf va Ahmad".
- Toshlar ustiga doʻla-nadai-doʻlanaday yirik tomchilar tushib, atrofga zar kukunlari sochildi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Horatogʻ qoʻyniga qoʻl soldi odam, Oʻlka uchun qora zar oldi odam. — Mirtemir.
- Ter toʻkib mehnat qilsang, yerdan hatto zar unar. — Ma-qol. ■■
- Mehrni oʻlchab boʻlurmi zar bilan, inju bilan?E. — Vohidov — Muhabbat.
- Saroyga bordim-u, pul olganim yoʻq, Shahanshohning, dedi, oltin, zari yoʻq. — Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- [Jamila boyga:] Oʻsha qarolingizni yaxshi koʻrib tekkanman, boshim-dan zar quysangiz ham, undan ayrilmayman. — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Zar bilan tikilgan doʻppi. Zarroʻmol. n
- U., zar yoki kimxob toʻn ichida.. odamlar oʻrtasida savlat toʻkib turibdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Zar qogʻoz. Zarga oʻralgan popuk (konfet)lar. n
- Archa har xil shakldagi zar qogʻozlar va boshqa oʻyinchoqlar bilan beza-tilgan. — K. Yashin — Hamza.
Этимология
f. jj — oltin
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0