Izohli lug‘at
ba’zan
баъзан
Ma’nolari
- Hamma vaqt ham emas, har zamon-har zamonda, ahyon-ahyonda, goh-gohida.
- Ayrim hollarda, baʼzi vaqtlarda.
- bogʻl. Gapning uyushiq boʻlaklarini bogʻlash uchun qoʻllanadi. /
Misollar
- — Yoʻlchi: — Xoʻjayinlarnikiga borib tura-sizmi? \Abdishukur:\ Baʼzan borib turaman. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ha, baʼzan shun-day shoʻxlik ham qilib turish kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- U\meshor] baʼzan kampir-ga ham dagʻdagʻa qilib qolardi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Baʼzan Gulnorning yuragi toshib, butun dardini, yara-larini Unsinga ochishni istaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Meʼmor baʼzan shunday uzoq xayomarga borardi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Yoʻlchi] Baʼzan Qoratoyning ishxonasida, baʼzan choyxonada tunab yurdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yoʻlchi baʼzan yolgʻiz, baʼzan oʻz yoniga birovni hamroh qilib, qancha jar, qancha qoʻrgʻon va quloqlarni kezib, suv keltirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
[a. — har zamon-har zamonda]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0