Izohli lug‘at
bag‘ishlamoq
бағишламоқ
Ma’nolari
- Biror narsaga ega qilmoq, erishtirmoq; bermoq, baxsh etmoq.
- Butun borligʻini birovga bermoq, uning ixtiyoriga topshirmoq; baxshida etmoq. U [Shukur Saʼdulla] butun umrini yosh avlod qalbiga ezgulik singdirishga bagʻish-ladi. "Saodat". Toʻlgʻonoy bilan Pardaboy, shunday qilib, bir-biriga tanini bagʻishshb, necha zamoyushr oʻynab-kulib qoʻsha qarishdi. "Oysuluv".
- Biror narsani (odatda badiiy asar, musiqa va shu kabilarni) biror kimsaga, masala yoki marosimga atamoq, qaratmoq.
- Duo oʻqib, savobini xudoga, aziz-avliyolarga va arvohlarga atamoq, baxshida qilmoq. Quron batshshmoq. yat
- Kechirmoq, afv etmoq. Qutbijonim, meni bagʻish,sh, deb yolvorgan holda Hamdam uning qoʻlini tutib, soʻzini davom qildirdi. S. Ayniy, Qullar.
Misollar
- Gʻayrat bagʻishlamoq. Ilhom bagʻishlamoq. Orzu insonga qanot bagʻishlar. Maqol.
- ■■ Agar banda sidqidi,i bshshn xudodan soʻrasa, tomchi oʻrniga daryo bagʻishlaydi. Oybek, Hyp qidirib.
- Kamtarlik, aql-zakovat kishi-larga ulugʻlik bagʻishlaydi. Gazetadan.
- Esin-gizda bormi, meni dor ostidan qutqarib, menga yangi hayot bagʻishladingiz?k. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- -Yuzta jonim boʻlsa, hammasini ustodga bagʻishlayman, — dedi Zulfiqor. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Ulkan shoir va tarjimonimiz Mirtemirning maʼsum xotirasiga bagʻishlayman. Gʻ. Salom.
- Shoir boʻlsam, yomonmi? Hamma sheʼrlarimni yolgʻiz sizga bagʻishlardim. Shuhrat, Shinelli yillar. Guljamol jangchi yori Begijonga bagʻiiishb qoʻshiqlar toʻqib, oq oltin dalalarini yang-ratib kuylamoqda. N. Safarov, Sevgi.
- Bir qariya Xolmatjonning buvisiga qurʼon bagʻishladi. S. Ahmad, Ufq.
- "Qul-huvallohu ahad"ni uch marta takrorlab, fotiha oʻqidi va: -Kecha, bugun oʻlgan hamma oʻzbeklarga bagʻishladim, — deb shivirladi Polvon. Oybek, Quyosh qoraymas.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0