Izohli lug‘at
beg‘am
беғам
Ma’nolari
- Gʻam-tashvishi yoʻq, gʻam-tashvishdan xoli; betashvish.
- Boqi begʻam Juda ham begʻam, beparvo odam haqida.
- Beparvo, xotirjam.
Misollar
- Be gʻam odam. m Bu kunlar, dunyoning ishi koʻproq maishat, yemoq-ichmoq, toʻy-tomoshadan iborat, deb oʻylaydigan begʻam Tojiboyga katta tashvish boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Shoʻx Chokar bilan boqi begʻam Hasan ham qilt etmay nafaslarini yutib qolishdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Moʻgʻullar hujumni toʻxtatib qoʻyganlaridan keyin, qoʻrgʻon himoyachilari begʻam boʻlib qolishgan edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
Kelib chiqishi
be.. + gʻam
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0