Izohli lug‘at
beg‘ubor
беғубор
Ma’nolari
- . Chang-gʻubordan, ifloslikdan xoli; musaffo, toza.
- . Koʻnglida yomonligi, kiri yoʻq; pok, sofdil, sidqidil.
- . Dogʻ tushmagan, pokiza.
Misollar
- Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday begʻuborki, koʻzni oladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Begʻubor, mayin shabada esadi-yu, odamlarni bogʻu rogʻlarga chorlaydi. — Gazetadan. —
- Osmon koʻnglim kabi keng, Koʻnglim kabi begʻubor. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Begʻubor yigit.
- Yuzidan mehr yogʻilib turgan bu ajoyib, sodda, begʻubor qizga shartta uylanib, oyimni baxtiyor qilishga nima xalaqit beradi? — A. Muxtor — Asarlar.
- Tolibjon bu sodda va lekin begʻubor kishilarning oʻzlaridek begʻubor suhbatlariga kulib-kulib, quloq solib oʻtirar edi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- Elmurod.. qarshisida chugʻurlashgan, koʻzlari tiniq, qalblari begʻubor bolalarning har birini quchoqlab, yuzlaridan oʻpgisi keldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Doʻppimni yerga olib, endi oʻylab qarasam, Yoshlik degani asli poklik ekan, begʻubor. — A. Oripov. —
Kelib chiqishi
be.. + gʻubor
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0