Izohli lug‘at
belbog‘
белбоғ
Ma’nolari
- Belga bogʻlanadigan, toʻrt-burchak roʻmol shaklidagi gulli yoki gulsiz, chetlari tikilgan mato parchasi; qiyiq, qi-yiqcha.
- Umuman belga belbogʻ kabi bogʻlanadigan narsa. [
- Har narsaning oʻrta belidan oʻtgan faraziy chiziq yoki halqa; ekvator.
- Quvvat, mador, koʻmakdosh.
- Belboqqa yolchimaslik Boyimaslik, biri ikki boʻlmaslik. Boʻzchi belboqqa yolchimas.
- kulol — moʻndiga: eshitganmisan? Oybek, Tanlangan asarlar. Vodoprovod bor-u, boʻzchi belboqqa yolchimas degandek.. Qoratepa, Pan-jikent koʻchalaridagi kranlarda suv yoʻq. "Mushtum". Belbogʻ yechilmay Qiyinchi-liksiz, tezda.
Misollar
- Shohi belbogʻ. m Nozim Zuhraning boshini asta silab, oʻz koʻz yoshini belbogʻi uchiga artdi. "Guldasta".
- U doʻppisining jiyagini qaytarib, shohi belbogʻ bilan bogʻlab olgan edi. K. Yashin, Hamza.
- Sharofat: ] Eshigimizga uvada toʻnu chshvir belbogʻ bilan kelgan eding. -Nima bilan chiqib ketdim? /dedi Sidiqjon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Endi biz Yerning belbogʻidan oʻtdik, Janubiy yarim-sharga kirdik. H. Hasanov, Ekvatordan oʻt-ganda.
- Bu yerdan oʻtibdi yerning belbogʻi, Beqasam toʻn demak bu rangin diyor. A. Oripov.
- Oshnam — belbogʻim. "Qanotli soʻzlar".
- -Nega tashlab ketaman buni, — dedi kampir, kelinning soʻzini rad qshshb, — Belimning belbogʻi endi bu. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Men boraman elimga, alla, bolam, Belbogʻlar bergin be-limga, sia. "Boychechak".
- Siz tikilgan ish belbogʻ yechilmay bitadi. Hammaga qorongʻi boʻlsa ham, menga ayon. Hamza, Tanlangan asarlar. Be-lingda belbogʻing bormi? Yigitmisan? Yigitlik gʻururing bormi? [
- Xonzoda Gʻo-firga:\ Belingda belbogʻing bormi? Qanday sharmanda, xudo urgan erkaksan? Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Odamlarni hasharga aytib qoʻydim. Belida belbogʻi bori kelaveradi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0