Izohli lug‘at
beso‘naqay
бесўнақай
Ma’nolari
- Haddan tashqari koʻrimsiz, xunuk; be-oʻxshov.
- Juda ham bemaʼni, kelishmagan; oʻrinsiz, qoʻpol.
Misollar
- Karimani koʻrib, yoqa ushlaysiz. Devday, oyoq-qoʻllari besoʻnaqay, qoʻpolgina qiz edi. "Yoshlik".
- Uning [Polvonning] koʻzi oldida Umar-bekning besoʻnaqay basharasi gavdalandi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
- Uning \Krbshyuvning\ boshida eskiroq koʻk kepka, shu rangda uzun yengil palto, oyogʻida esa katta, besoʻnaqay kirza etik. B. Daminov, Odamdan yaxshi nom qolsin. [
- Pochchamning] Boshida besoʻnaqay oʻralgan qoʻpol salla. Oybek, Bolalik.
- Besoʻnaqay gap.
- Suyagi yoʻgʻon, semiz, koʻzlari qisiq, besoʻnaqay kimsa edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Kelib chiqishi
1 Koʻrinishi haddan, meʼyordan tashqari, katta; qoʻpol, kelish-magan. ◆ Besoʻnaqay odam. Besoʻnaqay gavda. yat Tillaboy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0