Izohli lug‘at
bo‘kirmoq
бўкирмоқ
Ma’nolari
- Ovozi boricha baqirmoq, hayqirmoq.
- Oʻkirmoq (asosan, hayvonlar haqida).
- Ovozi boricha, bor ovoz bilan baqirib yigʻlamoq, uvvos tortmoq.
- koʻchma poet. Qattiq, shovqinli tovush chiqarmoq (texnika va jonsiz narsalar haqida).
Misollar
- Boyib ketsang, boʻkirma, Yoʻl yurganda soʻkinma. Maqol. v
- Egamberdiyev mayet tuyaday boʻkirdi. A. Muhiddin, Hadya.
- Ollobergan tagʻin bir marta dahshat bilan: "Ayt, ayt, manjalaqi!" deb boʻkirdi-da, xotinining sochini boʻyniga oʻrab boʻgʻmoqchi boʻldi. N. Aminov, Qahqaha.
- Juma kuni, qoʻshar maragan, tuyalar boʻkir-gan, otlar kishnagan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
- ..hoʻkiz ikki marta ustma-ust boʻkirsa, "oʻlib qolsa, nima qilaman" deb, kechasi bilan jin-chiroq koʻtarib chiqaman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqpari.
- Bahrombek Mar-humning jonsiz gavdasini quchoqlab, boʻkirib yigʻlar, na xotiniga, na bolalarining faryo-diga quloq solardi. "Yoshlik".
- Turolmadi Xoliyor, Yigʻlab berdi boʻkirib.. "Oysuluv".
- Ishonmasang, oʻq otib koʻrgil — boʻkirvorar sanoqsiz qoya. Sh. Rahmon, Yurak qirralari.
- ..yel ketma-ket boʻkirar, bunga chiday olmagan shox-shabbalar qars-qars si-nar, keksa yogʻochlar "gʻiyq-gʻiyq" etib, yolborish tovushi chiqarar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Gaz hamon boʻkirib yonar, kuygan temir-larni chiqarish davom etardi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Tanklar oʻkirib, avtomatlar boʻkirib, gʻiz-gʻiz oʻtib turishardi. N. Safarov, Olovli izlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0