Izohli lug‘at
bo‘lim
бўлим
Ma’nolari
- Qism, xona va shu kabilarga ajra-tilgan narsalarning har bir qismi, xona-si; boʻlmasi.
- Idora va turli ishxonalarning maʼlum ish bilan shugʻullanadigan har bir qismi; muayyan idoraga qarashli quyi idora, shoʻʼba.
- Magazin, muzey, ombor va shu kabilarning bir turdagi narsalar toʻplangan (qoʻyilgan) har bir qismi.
- Ilmiy ish yoki badiiy asarning, dav-riy nashrlar va toʻplamlarning har bir mustaqil qismi.
- Oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlari oraligʻi.
Misollar
- Binoning boʻlimlari. Kemaning boʻlimlari.
- Vazirlikning kadrlar boʻlimi. Ins-titutning boʻlimlari. Shahar moliya boʻlimi. tm Vakillarning uncha katta boʻlmagan apparatida oziq-ovqat, moliya va mamuriy boʻlimlar bor. Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt.
- Maorif boʻlimida ish qizgʻin edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Mahvashning otasi — rayon moliya boʻlimining mudiri. T. Ashurov, Oq ot.
- Nus-ratbek aloqa boʻlimiga ikki-uch marta borib, uyi bilan gaplasha olmadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- Magazinning poyabza/i boʻlimi. Muzeyning qadimgi dunyo boʻlimi. yat
- Magazinda hozir oʻn beshta boʻlim ishlab turibdi. — Gazetadan
- Vaqt oʻtkazmay, [maga-zindan] oʻzingizga kerakli boʻlimda bir zumda ishingizni bitirib chiqasiz. — Gazetadan
- Dissertatsiya besh boʻlimdan iborat. Romanning uchinchi boʻlimi. Jurnal-ning bibliografiya boʻlimi. Gazetaning e-lonlar boʻlimi. m Biror abzatsga kelib, soʻngra qarasa kerak, deb oʻyladim. Yoʻq, bir necha bet va hatto katta bir boʻlimdan ham oʻtib ketdi, qaramadi. Oydin, Uyaldi she-killi, yerga qaradi.
- Studenpiik chogʻlarimda redaksiyalardan biriga sheʼr olib bordim. Boʻlimdagilarga maʼqul boʻlib, olib qolishdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.
- Termometr boʻlimlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0