Izohli lug‘at
bo‘lmasa
бўлмаса
Ma’nolari
- Boʻlmoq I 1 fl. 3-sh. boʻlishsiz shakli.
- zidl. bogʻl. Aks holda, yoʻqsa.
- krsh. s. Shunday boʻlsa, shunday boʻlgan taqdirda, u holda.
- Yo boʻlmasa Yo, yoki, yoxud.
- Demak, maʼlum boʻldiki.
- Boʻlmasam-chi Tasdiq javob sifatida ishlatiladigan ibora. ■■
Misollar
- Boʻlmasa, boʻlmas! Unisi boʻlmasa, bunisi boʻlar. Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur. — Maqol
- Har kuni xonadonimizda yangi gap chiqib turadi. Boʻlmasa, qaynonamning uyqusi kelmaydi. — Gazetadan
- Boʻlmasa, nima qil deysiz, yana ikki yil kut, deysizmi? — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Kampirning ah-moqligi, yo boʻlmasa, dushmaningizning igʻvosi uchun meni shunday deyishga qanday tilingiz bordi? — A.Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Boʻlmasa, ilgaridan eringizning oʻsha harakatlarini ham bilar ekansiz-da? — A. Qodiriy — Oʻtkan kunlar
- -Boʻlmasam-chi, — dedi Elmurod, — oʻzim kurashga tushmayman-da. Tushsam, bu polvon pisand emas, koʻtarib ura beraman! — P. Tursun, Oʻqituvchi
- Boʻlmasam-chi! Tevarak-atrofda men koʻrmagan joy yoʻq. — M. Osim — Ibn Sino qissasi Oz boʻlmasa q. oz. Hech boʻlmasa, loaqal, aqalli; juda boʻlma-ganda.
- Mirza Muhiddin oʻrin koʻrsatib, hech boʻlmasa, poygakdagi koʻrpachaga oʻtirishini soʻradi. — A.Qahhor, Sarob.
- Sattorqul bahorda qari-qartanglarni yigʻib: -Bekordan hamma bezor, hech boʻlmasa, bir qutigina qurt tut-may-siz-lar-mi? — dedi. — A.Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Zarur ish boʻlmasa, chaqirtirarmidi. — "Guldasta"
- Uylansam, Mahbubaga uylanaman, boʻlmasa, frontga ariza berib ketaman, deb ikki oyogʻini bir etikka tiqib turib oldi. — S. Ahmad, Ufq.
- Mayli, boʻlmasa, borib jindek mizgʻib olay. — S. Ahmad — Hukm
- Qizingni Tosh-kent joʻnatishga koʻn, boʻlmasa. — A. Qodiriy — Oʻtkan kunlar
- Boʻlmasa, hozir boraylik-da, keyingi majlisda yozarmiz. — Hamza — Tanlangan asarlar .
- ..yo boʻlmasa mashu [mana shu] qiltiriq boʻyning-dan joningni sugʻurib olaman! — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- -Boʻlmasa, meni xushlamabdi-da! — dedi yigit cholning soʻzini boʻlib. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0