Izohli lug‘at
bo‘ri
бўри
Ma’nolari
- Sutemizuvchilarning itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon; qashqir.
- yovuz, qonxoʻr, shafqatsiz odam haqida.
- Boʻri (erkaklar ismi).
- Boʻri boqish (yoki qarash) qilmoq - qoʻrqinchli, dahshatli qaramoq, yeb qoʻygudek qaramoq.
Misollar
- Ayrilganni ayiq yer, boʻlinganni boʻri yer. — Maqol
- Bo‘rini yo‘qlasang - qulog‘i ko‘rinadi. — Maqol
- Boʻridan qoʻrqqan toʻqayga kirmas. — Maqol
- Och boʻri qoʻy tanlamas. — Maqol
- Suvonjon qoʻraga hujum qilgan bir och boʻrini otib olibdi. — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
- Bu choʻlda biram boʻri koʻp ekanki, kechasi bilan qoʻrqib chiqdim. — Said Ahmad — Ufq
- Yuragim san eding, Gulnor, koʻzim ilgari ochilgan boʻlsa edi, man oʻz yuragimni boʻrilarga yedirarmidim? Tongla mahsharda qay yuz bilan sanga boqaman? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ahmad Husayn oqarib ketdi-yu, lekin indamadi, chunki boʻrilar orasida ekanini yaxshi bilardi. — Oybek — Nur qidirib
- Badia xona burchagiga tisarildi. Roʻparasida turgan daxshatli boʻridan koʻz uzmasdi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Bir qoʻlida tesha, Sanobarga boʻri qarash qilib yaqinlashdi. — Komil Yashin — HamzaBoʻri yeydimi - "Nimadan qoʻrqasan" degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.
- [Hayot:] -Voyey, sizam bir qiziqsizki, buvi, nima, meni boʻri yeb ketarmidi ? - dedi-yu, hovli etagiga yurib ketdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Latifjon hiringlab: - (diplomni) boʻri yermidi, uyning toʻriga ekib qoʻyganman, - dedi. — "Mushtum"Boʻrimisiz, tulkimisiz? - "Quruq qaytdingizmi yoki undirib?" degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.
- [Hasan:] Quruq kelishga uyaldim-da, taqsir! [Qodirqul:] Qani, boʻrimisiz, tulki? — Hamza — Boy ila xizmatchiBoʻrining ogʻzi yesa ham qon, yemasa ham qon - "Yomonligi bilan tanilgan, yomonligini qoʻysa ham, qoʻymasa ham - yomon" degan maʼnoda ishlatiladigan ibora.
- Boʻrining yesa ham, yemasa ham ogʻzi qon. — Shukrullo — SaylanmaBoʻri tugʻdi (yoki bolaladi) - kun chiqib turib, yomgʻir yogʻayotganda aytiladigan ibora.Boʻri qulogʻi ovda - nomaʼlum kishilar yoki aygʻoq-agʻyorlar gap poylab yurgani haqida oʻz kishisini ogohlantirish uchun ishlatiladigan ibora.Qoʻyni boʻriga topshirmoq - biror narsani yoki ishni eng koʻp zarar yetkazadigan yoki suisteʼmol qiladigan, oqibatsiz kishiga topshirib qoʻymoq.
- Murodova bilmaydi. Shuning uchun keyingi arizani Davronovga yuboribdi. - Qoʻyni boʻriga topshiribdi-da. — Ibrohim Rahim — Ixlos
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0