Izohli lug‘at
bo‘ron
бўрон
Ma’nolari
- Toʻzon yoki qor-yomgʻir aralash esadigan shiddatli shamol.
- Toʻxtamasdan yogʻ(il)ayotgan narsa.
- Shiddatli, davomli harakat, oqim; toʻfon.
- Ichki, ruhiy kechinmalar gʻalayoni, tugʻyoni.
- Xavf-xatar, dahshat.
- Balo, ofat, kulfat.
- Boʻron (erkaklar ismi).
Misollar
- Buri boʻronda quturar. Maqol.
- wm Hamma yoqni qum boʻroni qopladi. Omon koʻrinmay qoldi. H. Nazir, Yonar daryo.
- Qum boʻroni oʻtov kigizlarini, baliqchilarning toʻrlarini osmonda uchirib yurdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.
- Zar-garov toʻxtab, pastga tushdi. Atrof zim-ziyo, boʻron quturib koʻz ochirmasdi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat.
- Toʻplarning oʻq boʻroni avvalgi kuch va gʻazab, qahr 6wwh samoda hukmron edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- -Xalqning qudratiga, boʻroniga hech qanday togʻ dosh kelolmas! — dedi-da, Sultonmurod chiqib ketdi. Oybek, Navoiy.
- Nahot yovuz boʻron xasdek uchirgay? Qaynar to-mirimda otashin qonlar. "Guldasta".
- Xalq qoʻshiqchilarni qarsak va qiyqiriq boʻroni bilan olqishladi. Oybek, O. v. shabadalar.
- Lekin ichidagi haligi jang boʻroni bir nafas ham tinmadi. "Mushtum".
- Mana, oʻzingiz koʻrib turibsiz, shunaqa gaplardan keyin oshiq qalbida boʻron koʻtarilmaydimi? X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati.
- Qoʻzgʻaling, hey, his-tuygʻular boʻroni, Koʻpdan sizga koʻz tutardim umidvor. Dilshoda, Umidim.
- Bu soʻzlar Yoʻlchining yuragida boʻron yasadi, u totli, zavqli hayajon bilan qal-tirardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Tinchlik daraxtini olovlardan, boʻronlardan asra-shimiz kerak. "Saodat". U
- ne-ne daryolarning toʻlqinlarini oʻlim boʻronlari orasida kechib oʻtmadi. Oybek, O. v. shabadalar.
- Senga na boʻronlar kor qila olur, Seni na yoʻqotib, bor qsh1a olur. A. Oripov, Yillar armoni.
- Nifoq boʻroni xarob etgan Xorazmni osonlikcha zabt etib, behisob oʻljalar olib kelganidan u xursand. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
- Ana oʻshanda koʻrasan Xorazmda fitna boʻronining boshlanishini. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
- Xalqlar boshiga zulm boʻronini yogʻdirgan va ofatlar keltirgan sariq vabo — Gitler mashinasi zil ketdi. N. Safarov, Olovli izlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0