Izohli lug‘at
bo‘rsillamoq
бўрсилламоқ
Ma’nolari
- Yetilib, boʻshashib koʻpchimoq, semirmoq.
- Issiqdan yoki tez harakatdan terlab-pishib ketmoq.
Misollar
- Kechagi yomgʻirdan keyin boʻrsillab yotgan hovliga yalangoyoq sakrab tushdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Kechagina paxtalar bodroqday ochilib yotgan maydonlar shudgordan keyin qor ostida boʻrsillab yotibdi. Gazetadan.
- Poylab dehqon yoʻlini Boʻrsillaydi boʻz tuproq. A. Suyun, Olis tonglar.
- Oʻrinboy ham velosipedda harsimab-boʻrsillab kelib qoldi. H. Nazir, Koʻkterak shabadalari. Kupol botinkasini doʻqillatib, issiqda boʻrsshiab-harsillagan Ahmad keldi. H. Nazir, Yonar daryo.
Kelib chiqishi
((OʻTEL|I|BOʻRSILLA- 'etilib koʻpchi-’, ’semi(>-\ Kuzda hay-dab hoʻyilgan yer boʻrsillab turibdi. Bu feʼl -illä qoʻshimchasi bilan yasalgan desak, manbalarda börs soʻziga izoh topilmadi; keyingi soʻz ’semir-’, ’shish-’ maʼnosini anglatgan bör- feʼlidan (ЭСТЯ, II, 225) yasalgan desak, -s qoʻshimchasini izohlab boʻlmadi. Ay — tilganlarni hisobga olib, bu soʻzni bör- feʼliga ’mo-yil’ maʼnosini ifodalovchi -sü qoʻshimchasini va ’tak-ror’ maʼnosini ifodalovchi -lä qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan deb izohladik. Oʻzbek tilida ö unlisi — ning yumshoqlik belgisi yoʻqolgan, ü unlisi i unlisiga almashgan, l undoshi qatlangan: (bör- + sü = börsü-) + lä = börsülä- > borsilä- > borsillä-.))
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0