Izohli lug‘at
bo‘sa
бўса
Ma’nolari
- kt., poet. Mehr, muhabbat, erkalash, oʻta hurmat iz-hori sifatida labni biror kimsa yoki narsaga tegizish, oʻpish; muchchi.
Misollar
- Boʻsa bermoq. Boʻsa olmoq. n Elmurod Zeboni kuzatib qoʻyib, issiq bir boʻsa harorati bilan qay-tib kelgach, uzoq uxlolmadi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Sevishganlar qoʻli bir-biriga chirmashdi. Dudoqlarda boʻsa chaqnadi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Boʻsasini almashmayman bol bilan, Yorga yetdim armon bilan, zor bshshn. "Qoʻshiqdar".
Kelib chiqishi
f. ^ — oʻpich, muchchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0