Izohli lug‘at
bo‘shatmoq
бўшатмоқ
Ma’nolari
- Boʻshamoq I fl. ort. n.
- Miltiq (yoki toʻp, oʻq) boʻshatmoq Oʻq uz-moq.
- Koʻngilnn (yoki yurakni, dilni) boʻshatmoq Koʻngildagi dardni aytib yengillashmoq, gʻuborini tarqatmoq.
- Ishdan, vazifasidan ozod qilmoq; rux-sat bermoq.
Misollar
- Yoʻlni boʻshatmoq. Uyni boʻshatmoq. Vagon-larni boʻshatmoq. m Nurali Gʻirotning ayil-pushtanini boʻshatib, qashlab, supurib, boʻlakdan egarladi. "Nurali".
- Ming balo bilan Qutidor qoʻlini boʻshatib, gal Otabek-ka keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Mayna uning oʻng qoʻliga ustma-ust ikki oʻq boʻshatdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi.
- Katta toʻpni gumburlatib, Har tarafga toʻp boʻshatdi. "Nurali".
- Namoyishga yoʻlda lash-kar Necha toʻplarni boʻshatdi. "Bahrom va Gulandom".
- Ayamay, bachchagʻar miltiq boʻshatdi. "Oysuluv".
- Yuragini boʻshatdi oxir, Dardlarini yumshatdi oxir. H. Olimjon.
- Kim bshshndir rosa urishib, koʻnglini boʻshat-gisi kelar, lekin bunga bahona topolmas.. edi. M. Mansurov, Yombi.
- Ishdan boʻshatmoq. Davozimidan boʻshatmoq. n Oradan uch-toʻrt kun oʻtib, meni ishdan boʻshatib yubordi. S. Ahmad, Ufq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0