Izohli lug‘at
bo‘ston
бўстон
Ma’nolari
- poet. 1 Gul bilan qoplangan, gul ekil-gan maydon; gullab-yashnagan bogʻ.
- Bogʻ-rogʻli obod yer, yashnagan, gullagan joy.
- Ogʻush, quchoq; dunyo, olam.
- Sevgili, yor, rafiqa.
Misollar
- Mehnat qilinmasa, boʻston qayerda. Gʻ. Gʻulom.
- Togʻlar qopqasini oshib oʻtgan on, Roʻparamda ochildi boʻston. T. Toʻla.
- Xilma-xil gullar xushboʻy hid sochib, boʻstonni yashnatib turar, shishadek tiniq suvlar shildirab oqib yotar edi. "Chal-pak yoqqan kun".
- Oʻzbekiston — boʻston. n Choʻlni boʻston qilishga Kejidu sochi sunbullar. "Qoʻ-shiqlar".
- Salom, maktab, hayot boʻstoni, Keldim toʻngʻich oʻgʻlim yetaklab. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.
- Yaxshi kishi choʻlda boʻston yaratar, tikanlikda chin guliston yaratar. "Qoʻshiq-lar".
- Soqijon, endi qaddim bukildi, Dush-manlarim koʻngli endi boʻstondir. "Nurali".
- Is-tadim sayr ashamoqni men gʻazal boʻstonida. E. Vohidov, Yoshlik devoni.
- U bir umr maʼshu-qasiga intilib, nihoyat, uning vasliga yetgan baxtiyor oshiqday, sheʼriyat boʻstoniga quloch yoyib kirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Sof bu ishq boʻstonida raʼnolanibsiz muncha ham. S. Ab-dulla, Tohir va Zuhra. Endi bolalik boʻsto-nidan hatlab oʻtib, oʻspirinlik fasliga qadam qoʻygansiz. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
- Qayda qoldi yoru doʻstlar, umr boʻstonim qani? "Sharq yulduzi". Ey hayot, sen meni boʻsto-nimdan ayirding, quvonchga toʻla sevgimdan ayirding. Gazetadan.
Kelib chiqishi
\f. ... . — bogʻ, tomorqa, poliz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0