Izohli lug‘at
bo‘tqa
бўтқа
Ma’nolari
- Guruch, bugʻdoy kabi donlardan qaynatib pishirilgan quyuq ovqat (halim, shavla, shirguruch kabilar).
- Atalasimon quyuq narsa.
- Chalkashtirib, aralash-quralash qilib yuborilgan narsa.
- Boʻtqa boʻlmoq 1) aralashib, ezilib, boʻtqa holiga kelmoq.
Misollar
- Bir tariqdan boʻtqa boʻlmas. Maqol. a
- -Toʻyga hech kimni chaqirmadik. Axir ikki tovoq bugʻdoy boʻtqa bilan qilingan toʻyni toʻy deb boʻladimi? — dedi chol. O. Husanov, Qoʻshiqchiningtaqsiri. /SaydJ Oʻrtoqlarining qistovi bilan boʻt-qadan bir necha qoshiq yeganday boʻldi. Y. Mu-qimov, Olov va nihollar.
- Qogʻoz boʻtqasi (qogʻoz sanoatida). shsh
- Erigan shisha boʻtqasi puflash naychasiga emas, balki temir tayoq-chaga olinadi. M. Aminjonova, Shishaning kashf etil ishi.
- Biz madrasada arabcha, tojikcha soʻzlar boʻtqasini kavshash-dan boshqa narsani bilmas edik. M. Muham-madjonov, Turmush urinishlari.
- Xayollaring boʻtqa butun oʻlda-joʻlda.. T. Toʻla, Asarlar.
- Koʻchaning loyi boʻtqa boʻlib ketibdi; 2) aralash-quralash boʻlib ketmoq, chalkashmoq.
- Hamma illat shundaki, Uktamjon keldi-yu, ish boʻtqa boʻldi. Oybek, O. v. shabadalar.
- Toʻgʻrisini aytganda, tilimiz kundan-kunga oʻzimiz ham gangib qoladigan darajada boʻtqaga aylanib bormoqda. "Mushtum". Boʻtqasini chiqarmoq Ezib, majaqlab yubormoq, adabini bermoq.
- Seni bugun bular boʻtqangni chiqarishmoqchi. I. Rahim, Ixlos.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0