Izohli lug‘at
bo‘yra
бўйра
Ma’nolari
- Tozalangan qamish choʻpidan toʻqilgan toʻshama.
- Bir boʻyra 1) eni-boʻyi boʻyra hajmicha keladigan.
Misollar
- Eslaringizdami.. Zokirxoʻja qas-soblar gilam ustida oʻtirganda, biz oʻti-rishga boʻyra ham topolmas edik. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Gadoyboy boʻyraga chordona qurib oʻtirdi-da, fotiha qildi. H. Gʻulom, Feruza.
- Tolzordagi tepasi boʻyra bilan yopilgan yozlik choyxonada odam uncha koʻp emasdi. S. Ahmad, Saylanma.
- Bir boʻyra yer. n ..uyning orqa devori bir boʻyra eni kesib tushirshggan boʻlib, qorayib koʻrinardi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Bir boʻyra yerning pichani oʻrib olinsa, bir mashina chiqaveradi. M. Ahmadjonov, Balli, zarbdorlar!
- Rixsixon bir boʻyra^ina yerga ekilgan piyozni oʻtoq qilayotgan edi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi; 2) bir boʻyraning ustiga joy boʻladigan.
- Bir boʻyra sholi. Boʻyra puli Eski maktablarda talabalar oʻtiradigan boʻyralarni yangilash uchun vaqgi-vaqti bilan ota-onalardan olingan pul.
- -Chogʻimda, payshanba puli ham, supurgi puli ham, boʻyra puli ham olmasa kerak. Yo olarmikan-a? - Yoʻgʻ-ye, oʻlibdimi!M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Hozirgi eski maktablarimizda bolalar har payshanba non yoki nonning pulini olib boradilar. Bundan boshqa boʻyra puli, koʻmir puli., ham bor. Oybek, Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
\f. Ljjj — boʻyra, bordon; qa-mish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0