Izohli lug‘at
bo‘zarmoq
бўзармоқ
Ma’nolari
- Rangi quv oʻchib, oqarib ketmoq.
- Gʻira-shira yorishmoq, xira tortib oqarmoq.
- Boʻzarib turmoq Serrayib, qaqqayib turmoq; qimirlamay turmoq.
Misollar
- Ostonada turgan ayolning soʻlgʻin yuzi dokadek boʻzardi, koʻzlarida yosh tomchilari miltilladi. H. Shayxov, Rene jumbogʻi.
- Teshaboyning lavlagiday qizarib ketgan yuzi birdan boʻzardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Sidiqjonning rangi boʻzarib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Tong boʻzardi. Olamga yorugʻlik yoyila boshladi. H. Gʻulom, Senga intilaman.
- Osmon boʻzarib borardi. Tepada faqat bir yulduz, u ham soʻnay-soʻnay deb miltshglab turibdi. M. Mansurov, Yombi.
- Oppoq qor bosgan dalalar ustida boʻzarib tong otdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Picha boʻzarib turgandan keyin Qorajon sekin jildi. "Yoshlik".
- Iboduma Botiralining yonida inda-may, boʻzarib turgan Boʻronbekka xoʻmrayib qaradi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Boʻzarib tur-moqdan boshqani bshshaydi. Endi bu bir Maj-nun-da, deyishdi. "Bahrom va Gulandom".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0