Izohli lug‘at
bug‘
буғ
Ma’nolari
- Suyuqlik yoki qattiq jismlarning gazsimon holati.
- Bugʻi chiqib turgan Endigina qozondan olingan, tandirdan uzilgan, issiq.
Misollar
- Suv bugʻi. Simobbugʻi. Quruq bugʻ(fiz.). Bugʻkuchi (fiz.). Bugʻqozoni (tex.). Bugʻ dvigateli (tex.), n Samovardan chiqqan bugʻuyni tutdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ayvon mehmonxonadan gupillab urilgan tutun va quyuq bugʻga toʻldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi.
- Bugʻi chiqib turgan somsa. shsh
- Hammamiz bir piyola-bir piyola bugʻi chiqib turgan sutdan ichdik. Oʻ. Umarbekov, Choʻlda bir kun.
- Xalil ota katta laganda bugʻi chiqib turgan palovni koʻtarib, hovliga kirdi. Sh. Rashidov, Qud-ratli toʻlqin.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0