Izohli lug‘at
chalg‘imoq
чалғимоқ
Ma’nolari
- Biror narsaga alahsib, asosiy ish, mavzu va t.k. ni unutmoq yoki ulardan chetga chiqmoq; adashmoq.
Misollar
- Oltmishin-chi yilning kuzida chet elda yurganida, nedir bir qiziq tomoshaga chalgʻib, samolyotga kechikdi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Yoʻq, bekachim.. Men shunchaki chalgʻidim gapdan. — A. Oripov.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0