Izohli lug‘at
cho‘kmoq
чўкмоқ
Ma’nolari
- Tiz choʻkmoq q. tiz 1.
- Umuman, biror joyga oʻtirmoq.
- Sath, yuzadagi dastlabki vaziyatiga nisbatan pastlamoq; botmoq; ich-ichiga ki-rib ketmoq.
- Tinib, tagiga oʻtirmoq, tinmoq (suyuq-likdagi aralashma, quyqa va shu kabilar haqida).
- Gʻarq boʻlmoq, botmoq; suvga botib, oqib halok boʻlmoq.
- Qaddi, boʻyi qisqarib, pastroq, kaltaroq boʻlib qolmoq, qisqa tortmoq.
- Tepadan pastga tushib, sathni qop-lamoq.
- Qoplamoq, yoyilmoq.
- Egallamoq, oʻrnashmoq (ruhiy holatga nisbatan).
- Maʼlum muddat davom qilmoq.
- Ruhiy tushkunlikka tushmoq.
- Iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushmoq; orqada qolmoq.
- Koʻngli choʻkmoq q. koʻngil 1.
Misollar
- Mard nomardga tiz choʻkmas. — Maqol. n
- ..bir peshin chogʻi paykal-da [Anvar] tiz choʻkib, Sevarguljon, men sizni sevaman, dedi. — N. Qilichev — Chigʻiriq.
- Turdi gʻilay Malik muallimning yoniga choʻkdi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Rangi oʻchgan oʻrindiqqa choʻkkancha, barglari toʻkilgan namchil novda-ni tomosha qilyapman. — "Yoshlik".
- Nurali ito-atkorlik bilan supaga choʻkdi. — "Sharq yulduzi".
- Horiganimdan noiloj toʻnkaga choʻkdim. — "Yoshlik".
- Yer sathining bir xil joylari choʻkib, boshqa joylari koʻtarilib turadi. — "Fan va turmush".
- Alimardon uning.. ichiga choʻkkan koʻzlariga bir lahza tikilib qoldi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Loyqa choʻkib, suv tiniqlashibdi. Namakob-ning tuzi tagiga choʻkib qolibdi.
- Choʻkayotgan choʻpga yopishar. — Maqol. av
- [Ayol] Beixtiyor muvozanatini yoʻqotib, suvga choʻkdi. — "Yoshlik".
- Uning [Bashirjonning] boʻyi bir qarich choʻkkandek, yelkalari chiqib, qomati oldinga engashib qolgandek edi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Erining rangi dokadek oqarib ketgan, oʻzi bir zumda choʻkib, kichkina boʻlib qolgandi. — S. Zunnunova — Goʻdak hidi. Devorlar jim choʻ-kaveradi.. X. Davron.
- Osmon yuzini qoplagan quyuq sargʻish chang yerga choʻkdi. — Mirmuhsin — Gʻurbatdagi odam.
- Baland toqqa choʻkar qor. — "Nurali".
- Oqshom choʻkdi. n
- Tun ogʻib, qorongʻilik choʻkdi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Qishloqqa tun choʻka bosh-laganda, menga jiyan sanalmish Zokir ish-dan qaytdi. — "Yoshlik".
- Onaning koʻngliga chuqur gʻashlik choʻkkan. — "Saodat".
- [Yaxshiboyev:] Mehr keyin keldi, armonlarim yuragimning tubiga choʻkdi. — M. M. Doʻst, Lolazor. Xotira —
- u nu-tilmas, unutib boʻlmas armon. Yurak qaʼriga choʻkkan xayol. — "OʻTA".
- Oraga ogʻir jimlik choʻkdi. — "Yoshlik".
- Suhbat uzi-lib, oraga sukunat choʻkdi. — "Saodat".
- Farzandining oʻlimidan soʻng ona ancha choʻkib qoldi. — Gazetadan.
- Erining xiyonati Fazi-latni behad choʻktirib yubordi. — "Yoshlik".
- U [Ismoi-lovaJ choʻkib qolgan bir necha kolxozni birlash-tirib, ularni koʻtarishga rahbarlik qildi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- -Xarish demang, otimning koʻngli choʻkadi, — deb Avazxon otining sagʻrisini siladi. "Gulshanbogʻ". Oq tuya choʻkdi Birinchi, dastlabki qor yogʻdi.
- yoniga choʻkkan nortuyani esa, bora-bora qum koʻmib, ulkan tuyatepaga ay-lantiribdi. — M. Mansurov — Yombi.
Kelib chiqishi
1 Tizzalamoq, choʻkka tushmoq. ◆ Choʻk, desa, tuya ham choʻkar. — Maqol. ■■ Uning [quduqning
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0