Izohli lug‘at
cho‘p
чўп
Ma’nolari
- Novda, shox boʻlagi; ingichka, uzun tarasha, yogʻoch parchasi.
- Biror maqsad uchun maxsus tayyorlan-gan tayoq(cha).
- Molga ovqat boʻladigan quruq oʻt, xas-xashak (beda, pichan va sh. k.).
- Oʻsimlik, giyoh.
Misollar
- Ota uzun choʻp bilan shisha tubini kovlashtira turib, savolomuz tikildi. — "Yoshlik".
- Davron togʻa yaktagi yoqasidan zirk daraxti choʻpidan yoʻnilgan tishkovlagichni olib.. tish kovlashga tush-di. — N. Aminov — Qahqaha.
- Nogʻora choʻp. Langar choʻp. Gugurt choʻpi. m
- [Nogʻorachi] Nogʻora choʻpi bilan nogʻorani emas, xuddi oʻziga oʻxshash bir yigitning qalbini savalaganini bilmay qoldi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Uy egasi Mu-qimiyni yotqizib, dargʻaning otiga yana picha choʻp solgach, koʻcha eshikni tambalab, oyoq uchida ichkariga kirib ketdi. S. — Abdulla — Mavlono Muqimiy.
- Norinda suv bor ekan, Choʻllar suvga zor ekan. Choʻp bitmagan biyobon, Suv kelsa, gulzor ekan. — "Qoʻshiqlar".
- Men bu kun doʻstlarimga afsus-nadomat bilan Yerga choʻp qadamagan amirlardan soʻylayman. A. — Oripov.
Kelib chiqishi
((OʻTEL|III|CHOʻP Bu tojikcha ot asli choʻb tovush tarkibiga ega boʻlib (, 448), oʻzbek tiliga b tovushini p tovushiga almashtirib olingan; tojik tilida 'daraxt' maʼnosini, oʻzbek tilida esa 'ingichka novdaning parchasi' maʼnosini anglatadi (, 448; , II, 387). f. i_>— daraxt, yogʻoch; xoda; has-sa
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0