Izohli lug‘at
cho‘qqi
чўққи
Ma’nolari
- Togʻning eng baland, yuksak joyi.
- Tik narsalarning eng yuqori qismi.
- Erishilgan yoki erishilishi mumkin boʻlgan eng yuksak daraja, pogʻo-na, koʻrsatkich; oliy nuqta.
- Choʻqqi soqol 1) kalta qilib qoʻyilgan soqol.
Misollar
- Hisor choʻqqilari oqarib, shahar, qish-loqlarga yaqinlashib kelganday tuyuldi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Asriy choʻqqilar quyoshda yaltirar va sukut saqlar, uning toʻshidagi qorlar koʻzni qamashtirar-di. — "Saodat".
- Teleradiominoralar choʻqqisi. m
- Navqiron bir terakning choʻqqisida oshyon, Kech kuz tongotarin salom bilan olqishar. — Gʻ. Gʻulom.
- Kamolot choʻq-qisi. Baxt choʻqqisi. m
- Fidokorona meh-natsiz ilm choʻqqilarini egallab boʻlmay-di. — Gazetadan.
- Shafqatsiz dunyoda sheʼriyat gʻolibligini sezish, uning beqiyos qudrati-ni his etishning oʻzi kishi kayfiyatini yuksak choʻqqiga koʻtarib, dunyoni inson koʻzi-ga chaman qilib koʻrsatadi. "OʻTA"
- Vafo attor choʻqqi soqolini qashladi, yoʻtalib olib, bir chekkaga tupurdi. — N. Aminov — Qahqaha; 2) shunday soqol qoʻygan kishi.
- Abduvahob Shoshiy ellik besh yoshlarda, qotma, choʻqqi soqol, qarashlari oʻtkir bir odam. — Mirmuhsin — Tungi chaqmoqlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0