Izohli lug‘at
cho‘t
чўт
Ma’nolari
- Buxgalteriyada, idoralarda qoʻllanadigan, toʻrtburchak ramkaga mahkamlangan temir simlarga tizilgan donalarni surib, qoʻshuv va ayiruv amallari bajariladigan sodda moslama.
- Moʻljal, taxmin, hisob.
- Choʻt bermaydi Foyda bermaydi.
Misollar
- Choʻt qoqmoq. Choʻtga solmoq. n
- Kek-sagina odam damodam shaqillatib choʻt qoqa-di. — Mirmuhsin — Yashiringan kuch.
- Buxgalteriya xonasidagi choʻtlarning shaq-shuqi, odamlarning uzuq-yuluq gaplari endi aniqroq eshitilardi. — Gazetadan.
- [Gʻofir:] Me-ning choʻtimda hammasi boʻlib besh yuz soʻmdan oshmas edi-ku? Yoki adashdingizmi ekan-a, boy ota ? — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- -Trak-torlarimiz yomon emas, lekin "universallar" bir oz choʻt bermay qoʻydi.. — dedi Ikromjon. — I. Rahim — Xislat. Choʻt emas Pisand emas, hech narsa, hech ran emas.
- [Nurmat togʻa:] Pulni-ku, toʻlaysan. Senga pul choʻt emas. — S. Ahmad — Jimjitlik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0