Izohli lug‘at
do‘rdaymoq
дўрдаймоқ
Ma’nolari
- Shishib, koʻtarilib chiqmoq.
- Doʻrdaygan lab Choʻchchaygan qalin lab.
- Kimsaga labini burib yoki labini choʻchchaytirib, qovoq solib qaramoq.
Misollar
- Ari chaqqan lablari doʻrdaygan edi. n
- Matpanoning yuz-koʻzi momataloq edi: oʻng koʻzi chala yumuq, ustki labi doʻrdayib turibdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Bolaligidagi doʻrdaygan lablari endi quyosh taftida, dashtu dalada, togʻu tosh shamo-lida pishibdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Muncha doʻrdayasan?!
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0