Izohli lug‘at
dog‘
доғ
Ma’nolari
- I \f. ^ — belgi, tamgʻa; tamgʻalash) 1 Narsalarning betidagi boshqa rangda, boshqa tusda ajralib, farqlanib turgan kichikroq joy, tabiiy belgilar.
- Narsalarning boshqa biror modda, narsa tegib bulgʻangan, ifloslangan, kir-langan joyi.
- Isnod keltiruvchi, yomon taas-surot va taʼsir qoldiruvchi, yomon nom; isnod.
- Dogʻ tushirmoq 1) isnod keltirmoq, bad-nom qilmoq, bulgʻamoq.
- Gunoh, kamchilik, nuqson.
- Asorat, salbiy taʼsir.
Misollar
- Badandagi Kizil dogʻlar. Quyosh dogʻlari. Oyda ham dogʻ bor. — Maqol. m
- Eʼzozxon yuzini nafis dogʻlar qoplagan bu qoracha juvonni sevib yurarkan. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Tunsiz kun yoʻq, dogʻsiz lola yoʻk. — Oybek — Navoiy.
- Yuzdagi dogʻlarni yoʻqotish uchun betni okartiradigan dorilar va turli xil usullar koʻllanadi. — "Saodat".
- Siyoh dogʻi. m
- Shilinib, tim-dalanib, qon dogʻi bilan qoplangan yuzi va yirtilgan koʻylagini koʻrganda, barchani dahshat bosdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oyimxon dogʻ bosgan dasturxonni sandalga yozib, pat-nisda toʻrtta singib pishgan non keltirib Koʻydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bashirjonning Kora korjomasida ohak va boʻyoq dogʻlari qotib qolgan. — N. Aminov — Qahqaha.
- Yomondan dogʻ koladi, yaxshidan bogʻ koladi. — Maqol.
- Yaxshi bola yogʻ keltirar, Yomon bola dogʻ keltirar. — Maqol.
- Toza qalbda dogʻ boʻlmas. — Maqol. n
- Sevgiga tushgan dogʻni daryo qadar koʻz yoshi toʻkish bilan tozalab boʻlar-mishmi? — N. Safarov — Hayot maktabi.
- Koʻr-qoklik dogʻini oʻlim ham yuvolmaydi. — A. Muxtor — Asarlar.
- Bu gap maktabimiz shaʼniga dogʻ. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Nomiga dogʻ tushir-mok• ™
- Erkak otaga, farzandlar nomiga munosib boʻlishi, ularga dogʻ tushirmasligi.. lozim. — Gazetadan.
- Yurt shaʼniga dogʻ tushirib ketdi zangʻar. — H. Gʻulom — Mashʼal; 2) koʻri-nishini buzmoq.
- Husniga dogʻ tushirmok- Qalb (yoki yurak) dogʻi Koʻngilga ogʻir olingan voqea-hodisa, gap-soʻzning asorati; koʻngil qolishi.
- Yaxshi soʻz — yurak yogʻi, yomon soʻz — yurak dogʻi. — Maqol. ■■
- Kiyim dogʻini yuvib ketkazsa boʻladi, lekin kalb dogʻini yuvib boʻlmaydi. — Gazetadan.
- Oʻtgan yilgi dogʻimizni, albatta, bu yil yuvamiz, planni bajarmay qoʻymaymiz. "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Oʻz vijdonim oldida umrimning dogʻi yoʻk■■ — A. Muxtor — Asarlar.
- Urush dogʻlarini hali yuvib tugata olmayman. — Oydin — Hikoyalar.
- Ohu ketsa agar, togʻi qoladi, Yara yomon bitsa, dogʻi koladi. — Yo. Mirzo — Oʻgil mehri.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0