Izohli lug‘at
e’tibor
эътибор
Ma’nolari
- Biror kimsa yoki narsaga qaratilgan diqqat-nazar, fikr, yod.
- Eʼtibor bermoq Diqqat-eʼtiborni qa-ratmoq, eʼtiborini yoʻnaltirmoq.
- Oʻzga tomonidan boʻlgan hurmat hissi; qozonilgan hurmat; obroʻ, nufuz.
- Eʼtibor qozonmoq (yoki topmoq) Obroʻ-hurmatga ega boʻlmoq, yaxshi nom chiqarmoq.
- Eʼtibor (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Eʼtiborini jalb qilmoq. Eʼtibor bilan razm solmoq. v
- Otabek diqqat va eʼtibor bilan qutidorni kuzatib, javob berdi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bir uy mehmonning eʼtibori jajji-gina Azizjonda. — Gazetadan.
- Boyvach-chaning orqasida ot qoʻyib kelayotgan odamga eʼtibor bering. — K. Yashin — Hamza. Eʼtibor qilmoq ayn. eʼtibor bermoq.
- Maston unga eʼtibor qilmay, otning ochiq qolgan koʻzlariga qaradi. A. — Qahhor — Maston. Eʼtiborga olmoq Hisobga olmoq, nazarda tutmoq.
- Sen aytgan ikki narsa ilmga maʼlum ekanligini eʼtiborga olsak, sen oʻtkazadigan tajribaning asosiy vazifasi mana shu savolga javob be-rish. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Eʼtibori ketdi. Eʼtibori yoʻqoldi. n
- Nizomid-dinning koʻz oldida bu notanish odamning eʼtibori yanaba oshdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Garchand baʼzi joyda topdim eʼtibor, Koʻksimda nelardir taratur ziyo. — A. Oripov.
- IHoji] Normuhammad qushbegi oldida undan ham yuqoriroq va maʼnoliroq eʼtibor qozon-di. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Toshkent chamanzor —
- Butun xalq oldida topdi eʼtibor. — X. Rasul. Eʼtiborga tushmoq Kishi-lar eʼtiborini tortib, oʻziga jalb qil-moq.
- Keyinchalik ustod Qavom eʼtiboriga tushib, uning tavsiyasi bilan Mirzodan ish olganedi. — Mirmuhsin — Meʼmor. Eʼtibordan qolmoq Koʻpchilikning diqqat-eʼtiborini yoʻqotmoq.
- Agar yulgʻichlikni tashlamasangiz, xalq eʼtiboridan qolib, sharmanda boʻlasiz. — "Mushtum". Eʼtibori bilan Jihat(i)dan, koʻra.
- Badiiy tarjima mohiyat eʼtibori bilan xalqlar oʻrtasida oltin koʻprikdir. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
Kelib chiqishi
a. jls I — xurmat, izzat-ik-rom; hisobga, nazarga olish; obroʻ, nufuz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0