Izohli lug‘at
e’tiqod
эътиқод
Ma’nolari
- Qattiq ishonch, dildan eʼtirof etiluvchi tushuncha, nuqtai nazar, qarash.
- Biror kimsaga yoki narsaga boʻlgan ishonch; ishonch va ixlos bilan qarash.
- Xudoga yoki umuman biror gʻayritabiiy kuchga ishonish; imon.
- Eʼtiqod qoʻymoq. Eʼtiqod bilan munosabatda boʻlmoq, bogʻlanmoq.
Misollar
- Eʼtiqodga koʻra, chinor mingga kirgan soati oʻzidan-oʻzi yonib ketishi kerak ekan. — Asqad Muxtor — Chinor.
- Har qanday odamning ham oʻziga xos xulq-atvori, eʼtiqodi, dunyoqarashi boʻladi. — F. Musajonov — Himmat.
- Joʻraboy otaning komandir yigitga eʼtiqodi oʻn chandon oshdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Omon otada bilimga, ilgʻor usullarga eʼtiqod juda baland. — H. Nazir — Mayoq sari.
- U oʻz eʼtiqodi bshshn diniy odam boʻlib, namozni ham kanda qilmaydi, roʻzani ham. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻlqin.
- Yerni sevgan, unga eʼtiqod koʻygan dehkon moʻl hosil uchun kurashni erta kuzdan boshlaydi. — Gazetadan.
- Siz u bilan sinashta emassiz-ku,
- eʼtiqod qoʻyishingizni qarang. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
Kelib chiqishi
arab. – ishonch, ishonish; koʻngilda tasdiqlash; imon, maslak
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0