Izohli lug‘at
e’tirof
эътироф
Ma’nolari
- Biror gap, fikr, ish-harakat va shu kabilarni toʻgʻri, haqiqat deb bilish, qabul qilish.
- Eʼtirof etmoq (yoki qilmoq) Tan olib tasdiqlamoq.
Misollar
- Haqiqatni eʼtirof qilmoq.
- U bu eʼtirofni koʻzlari bilan, termilib boqishlari bilan juda aniq bildirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- "Koshinga shoshadigan yerimiz yoʻq", deb korfarmo janoblari xato qilganlar, buni eʼtirof etamiz. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- ..Mirodilning tadbirli va oqil bir shaxs ekanligini eʼtirof qilib, uning butun talab va tadbirlarini toʻgʻri topdilar. — U. Ismoilov — Saylanma.
Kelib chiqishi
[ arab. – tanish, tan olish; iqror boʻlish, boʻyniga olish; tavba ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0