Izohli lug‘at
fig‘on
фиғон
Ma’nolari
- Qattiq xafa boʻlish, qaygʻurish, alam chekish tufayli yuz beradigan yigʻisigʻi; nola, faryod.
- Figʻon chekmoq (yoki tortmoq) Dod-faryod koʻtarmoq, nola qilmoq, mungli tovush chiqarmoq.
- Figʻoni oshmoq (yoki chiqmoq); Juda jahli chiqmoq, jigʻibiyron boʻlmoq.
- Figʻoni falakka (yoki koʻkka, osmonga) chiqmoq (yoki koʻtarilmoq); Hadsan tashqari xafa boʻlmoq, tutaqib ketmoq.
Misollar
- Ona figʻon bilan yugurib kelib, mirshab qoʻliga osildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qurboning boʻlayin, ey onajonim, Sening faryodlaring — mening figʻonim. — M. Yusuf — Uyqudagi qiz.
- Tanbur mungli tovushda figʻon cheka boshladi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Qandaydir hasharot chiyillab figʻon chekadi. — F. Musajonov — Himmat.
- Bu yerlarda qaygʻu muttasil kezar. Bu yerda shamollar tortardi figʻon. — Gʻ. Gʻulom. —
- Buni koʻrgan Gulchehraning figʻoni oshdi, chin yurakdan achindi. — Gazetadan. —
- Ashurali qizning boʻsh kelmayotganligidan figʻoni oshdi. — "Sharq yulduzi". —
- Figʻoni chiqib Jalilovning oʻzi yetib keldi. — I. Rahim — Zangori kema kapitani.
- Inobatning figʻoni falakka chiqdi. — J. Sharipov — Saodat.
- Cholning figʻoni koʻkka chiqib, ularni oldiga solib quvib ketdi. — H. Ahmar — Kim haq?
Kelib chiqishi
fors. – baqiriq, dod-voy; faryod, yigʻi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0