Izohli lug‘at
g‘alvir
ғалвир
Ma’nolari
- Don elanadigan, siyrak toʻr-li katta elak.
- Gʻalvir qilmoq Gʻalvir kabi teshik-teshik, ilma-teshik holga keltirmoq.
Misollar
- Joʻxorini qoʻshnilarning ot-eshaklari va qishloq bolalarining yordam-lari bshtn yanchib, gʻalvirda elab.. oldim. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Tovuq somon toʻldiril-gan gʻalvirga bagʻrini berib, unga qarab, koʻz-larini moʻltaytiryapti. — S. Ahmad — Laʼli Badaxshon.
- Sa-limaning beixtiyor urayotgan chakichi patir-ni gʻalvir qilib yuborganini Mehrinisodan boʻlak hech kim payqamadi. — R. Fayziy — Hazra-ti inson.
- Qizning qomati durkun, poshnali tuflisi bilan oppoq yerni toʻxtovsiz top-taiverib gʻalvir qilib yuboribdi. — A. Muxtor — Chinor. Gʻalvirdan oʻtkazmoq 1) gʻalvirda ela-moq; 2) sinovdan oʻtkazmoq. Shu progulchilar avval gruppalarning gʻsatiridan oʻtkazilsa, keiin ularning kuchi yetmaganini biz elasak. P. Qodirov, Uch ildiz. Gʻalvirni suvdan koʻ-tarmoq Yakuniy natijani anikdamoq.
- Magʻ-rurlanishga oʻrin yoʻq. Hali gʻalvirni suvdan koʻtarganda maʼlum boʻladi. — H. Nazir — Mayoq sari.
- Yil oxirigacha yana ikki oy qoldi, yaʼni gʻalvirni suvdan koʻtaradigan payt keldi. — Gazetadan. Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga q. sichqon.
Kelib chiqishi
\f. j.. I g < a. JL^ - katta sim elak, gʻalvir
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0