Izohli lug‘at
g‘animat
ғанимат
Ma’nolari
- . Urushda yoki ovda qoʻlga kiritilgan narsa, oʻlja.
- . Umuman, qoʻlga kirgan, ega boʻlingan narsa.
- . Shaxs, holat yoki narsaning mavjudligi vaqtinchalik, oʻtkinchi va qaytmaydigan ekanini bildiradi.
Misollar
- Husayn Boyqaro merganlar bilan birga tantanali ov haftalari tuzib, qorli sahrolarga suron solar, katta gʻanimat bilan qaytardi. — Oybek — Navoiy.
- Qaldirgʻoch uchib ketayotib, gʻanimatini tutaveradi, yerda esa ojiz boʻlib qoladi. — Gazetadan.
- Oʻgʻillari oʻttizinchi yillarda otalaridan meros qolgan gʻanimatlarni choʻntakka solib, ming mashaqqatlar bilan Mashhadga qochgan edi. — A. Hakimov — Ilon izidan.
- Hatto bizning davrimizda kelib chiqqan "Yoz neʼmati — qish gʻanimati" degan maqol ham konserva sharofatiga aytilgandir. — K. Mahmudov — Qiziqarli pazandalik.
- Dam gʻanimat. Yoshlik gʻanimat. Vaqt gʻanimat.
- Fursat gʻanimatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chogʻidir umr daftarin. — Gʻ. Gʻulom. —
- Gulchehraga eri bilan totuvligi ham gʻanimatdek tuyulardi. — S. Zunnunova — Goʻdak hidi.
- Biz ham gʻanimat, bugun bormiz, ertaga.. oʻzi biladi. — M. Mansurov — Yombi.
Kelib chiqishi
arab. – urushda qoʻlga kiritilgan narsa, oʻlja; ovlangan narsa
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0