Izohli lug‘at
g‘arb
ғарб
Ma’nolari
- Dunyo-ning toʻrt tomonidan biri; sharqqa qara-ma-qarshi tomon, quyosh botadigan tomon; kunbotar.
- Maʼlum bir obʼyekt, hudud, maydon, bino va shu kabilarning gʻarb tomoni, gʻarbiy qis-mi.
- Gʻarbiy Yevropa, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari.
Misollar
- Gʻarbdan esgan shamol. m
- Oftob gʻarbga yonboshlaganda, ikki yoʻlovchi dashtdan chiqib, tepalikka yoʻl oldi. — A. Qahhor — Mas-ton.
- Oʻzbekistonning gʻarbi. n
- Otabek may-donda otini supurib egarlar ekan, maydon-ning gʻarbidagi xaroba uyning devoridan bir bosh koʻtarilib, unga qarab turar edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Jarning narigi tomoni bir tepadan iborat boʻlib, janub biqini maʼlum Chaqar suvi bilan, gʻarbi Boʻz-suv va Koʻkcha arigʻi bilan oʻralgan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Jannaning oʻzi.. gʻarbda ti-kilgan, koʻkrak choʻntagi ustiga lotin har-fidan belgilar qoʻyilgan jelatka.. topib kelib, Umidga kiygizdi. — Mirmuhsin — Umid.
Kelib chiqishi
a. غَرْب — kunbotar, gʻarb
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0