Izohli lug‘at
g‘aroyib
ғаройиб
Ma’nolari
- . Juda kam uchraydigan, juda boshqacha, gʻalati.
- . ajoyib 1.
Misollar
- Gʻaroyib mashina.
- Nazar Alimatga xuddi ajoyibxonadagi gʻaroyib narsani tomosha qilayotgandek boqardi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Bu koʻchalar shunday sirli va gʻaroyibki, asti qoʻyaverasiz. — S. Akbariy — Sevgi bilan tirilgan yurak.
- ..yangi jurnalni varaqlab oʻtirib.. gʻaroyib suratga koʻzim tushdi. — M. M. Doʻst — Lolazor.
- Xatdagi gaplar birmuncha gʻaroyib boʻlishi barobarinda, uning tegishli kishiga yetishi juda zarur edi. — A. Muqimov — Tark etma nazokatni.
- Bugungi koʻpkari gʻaroyib boʻldida. — Sh. Ashurova — Yanga.
Kelib chiqishi
arab. – qiziq narsalar, kamyob narsalar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0