Izohli lug‘at
g‘avg‘o
ғавғо
Ma’nolari
- . Betartib ovozlar, qiy-chuv, shovqin.
- . gʻalva 1.
- . gʻalva 2.
Misollar
- Bir kecha afandining qulogʻiga koʻchadan gʻavgʻo eshitildi. — "Latifalar".
- Mavlono Fazliddin shovqin kelayotgan tomonga quloq solib turib qoʻrqib ketdi. Bu galgi gʻavgʻo shahar ichidan koʻtarilmoqda edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Boʻlajak gʻavgʻolarni oldindan payqaydigan boʻlib qolgan Shuhrat, ukasiga boshi bilan imo qilib, balkonga chiqa boshladi. — Q. Kenja — Togʻ yoʻlida bir oqshom.
- Dadam yuvosh odam boʻlganidan bunday gʻavgʻolardan har vaqt qochar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bunaqangi gʻavgʻolar joniga tekkan qoʻshni xotin qoʻlini paxsa qilib, Mullajonning oldiga keldi. — S. Ahmad — Mullajon.
- Hammada bir tashvish bor, ota! Tirikchilik gʻavgʻosi yolgʻiz sizda emas. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bir roʻzgʻorga oʻsha roʻzgʻorning oʻz gʻavgʻosi ham etadi. — A. Qahhor — Sarob.
Kelib chiqishi
fors. – shovqin-suron, baqirchaqir, janjal, mushtlashish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0