Izohli lug‘at
g‘ing‘illamoq
ғинғилламоқ
Ma’nolari
- "Gʻingʻ-gʻingʻ" ovoz chiqarmoq (pashsha, ari, qoʻngʻizlar haqida).
- Soʻzlarni tushunarsiz tarzda, past ovoz bilan aytmoq; shu tarzda gapir-moq, xirgoyi qilmoq.
- koʻchma ayn. gʻingshimoq 3.
Misollar
- Boshini koʻtardi: koʻm-koʻk osmonda beda hidi anqiydi, asalarilar gʻingʻillaydi.. — S. Nurov — Narvon.
- ..bir xil yiltiroq pashsha bor, u baʼzida baqaning tumshugʻiga yaqin kelib, gʻingʻillab ucha beradi. — Mirmuhsin — Umid.
- Bobo, soʻrogʻimga ja-vob berish oʻrniga, otiga qamchi urdi, nima-dir deb gʻingʻillagach, soʻng dedi: -Yoʻl azobi, xoʻbam charchagandirsan. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Stolshsh chertib, gʻingʻillab oʻtirgan Hayit Hamidovning xirgoyisi bir yigit kirishi bilan toʻxtadi. — "Mushtum".
- Goho xotini gʻingʻillab qolsa, bolalarini qoʻshnilarga tashab, kinoga borib kelishadi. — "Yoshlik".
- Uning Shoʻrodan aynamasligi oʻsha lagerda-yoq koʻrinib turgan edi, biron marta gʻing degani yoʻq. Aksincha, uncha-muncha gʻingʻilla-ganni ogʻziga urib yurdi.. — Shuhrat — Oltin zanglamas.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0