Izohli lug‘at
g‘ingshimoq
ғингшимоқ
Ma’nolari
- Uvlash, vovullashdan koʻra ingrashga yaqinroq tovush chiqarmoq.
- Maʼnosiz yoki maʼnosini ilgʻab boʻl-maydigan tovushlar chiqarmoq.
- koʻchma salb. Zorlanuvchi, nolish bil-diruvchi yoqimsiz, boʻlmagʻur gaplar qilmoq.
Misollar
- Olapar Boltaboyga chinoq quloqlarini qisib suykandi-da, gʻingshib qoʻydi. — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar.
- Tumshugʻini oldingi oyoqlariga qoʻyib yotgan it erinibgina gʻingshidi, soʻng birdan xuruj bilan vovullashga tushdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Uyquga qon-magan qizcha esa injiqlanib, buvisining oyogʻiga suykalgan koʻyi gʻingshimoqda edi. — N. Kdlichev — Chigʻiriq.
- Choygum taraq-turuq qi-lib, tun sukunatini buzib yubordi. Oʻz ka-ravotida yotgan Zoirjon gʻingshib qoʻydi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Mashaqqatli yurishlardan zerikkan xotini gʻingshiyverib, doim uning joniga tegar, koʻziga dunyoni qorongʻi qilardi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi. Ali mahram bilan anavi valiahd oʻgʻli to hanuz, Avazga bekor rahm qildingiz, endi bizni badtar mazax-laydi, deb yuribdi ekan. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0