Izohli lug‘at
g‘irillamoq
ғирилламоқ
Ma’nolari
- Tez aylanish, hara-kat yoki boshqa sabab tufayli "gʻir-gʻir" etgan tovush chiqarmoq; pirillamoq.
- "Gʻir-gʻir" esmoq, tez yelmoq (shamol, izgʻirin haqida).
- ayn. gʻizillamoq 2.
- Non deganda, kesak gʻirillagan (gʻi-rillaydigan) yoki non deganda, kesak gʻi-rillaydi Turmush sharoitining juda ogʻir-ligini bildiradi. Non deganda kesak gʻi-rillagan zamonlar kishilar esidan chiqdi.. Hayot yaxshi boʻlib qoldi. Shuhrat, Umr po-gʻonalari.
Misollar
- Ma-shinalar gʻirillab, Sahifalab beradi. Bir yoqdan korrektorlar Solishtirib koʻradi. — Q. Muhammadiy.
- Radiokarnay gʻirillab turib, birdan gapira boshladi. — S. Ahmad — Ufq.
- Janubdan gʻirillab shamol esardi. vt -Taqsir! —
- Hasan soʻfi xitob qildi. — Siz salqinda, gʻirillagan shabada-da koʻk choy ichib, maza qilib oʻtiribsiz! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Kun sovuq, arava-ning ustida gʻirillab turgan izgʻirin yuzlar-ni yalaydi. — Oydin — Fonar tagida.
- Akrom aka, tayyorini sotib ola qolsak boʻlmaydimi, gʻirillab olib kelaman. — "Mushtum". Xatni oʻqib, qiziqib qoldik. Ertasigayoq oyoqni qoʻlga olib, oʻsha tomonga gʻirimadik. "Mushtum".
- Oʻgʻli Fozil ham dadasining savdo-sotigʻi bilan bozorga gʻirillaydigan boʻlib qoldi. — S. Zunnunova — Olov.
- Azbaroyi xudo, shu xumsangiz eshi-gida kushod ikki oy boʻynimni egib, non deganimda, kesak gʻirillaydigan boʻldi. — A. Qodiriy — Kichik hikoyalar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0