Izohli lug‘at
g‘irrom
ғирром
Ma’nolari
- Ish, hayotda halollik, pok-likka rioya qilmaydigan, unga zid ish yurituvchi; nopok, muttaham.
- Oʻyin, musobaqa, bellashuvda tartib-qoidaga zid yoʻl tutuvchi; halollikka rioya qilmaydigan, notanti.
- Oʻzbek kurashi atamalaridan biri: bellashuv paytida katta xatoga yoʻl qoʻygan yoki takror qoʻpollik qilgan kurashchiga oxirgi ogohlantirish sifatida qoʻllanadi.
- G'Irrom=== Sinonimlari ===
Misollar
- Yaxshi ishla-sangiz, bas, aka-uka boʻlib ketamiz. Lekin, aytib qoʻyay, gʻirromlarga tobim yoʻq. — E. Nosirov — Topshirilmagan sovgʻa.
- ..kichik xoʻjayinlar bazani xomtalashga olganlar. Qaysi birlari olgʻirroq va gʻirromroq boʻl-sa, shunisi koʻproq koʻtargan. — X. Toʻxtaboyev — Qalpoq yirtildi.
- Yetuk olim boʻlishni is-tagan odam harom va gʻirrom yoʻlga kirmas-ligi kerak. — Gazetadan.
- Shaxmatning yana bir zarari shuki, agar gʻirrom odam bilan oʻynasangiz, asabingiz buziladi. — A. Qaqhor — Asarlar.
- Bel olishganda kurash maydonida, Gʻirromu notanti polvon chaladir. — Habibiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0